Yevropa Ligasi chorak finali uchrashuvlari yakuniga ko‘ra haftaning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda musobaqaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Ushbu nomga “Chelsi” yarim himoyachisi Pedro Rodriges loyiq deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli ispaniyalik mazkur musobaqa 1/4 finalining javob o‘yinida “Slaviya” darvozasiga 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma bergandi (4:3).
Bundan tashqari ushbu nomga “Ayntarxt” xavbeki Filip Kostich, “Slaviya Praga” yarim himoyachisi Pyotr Shevchik, “Valensiya” himoyachisi Toni Lato ham da’vogarlik qilgandi.
Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilgan futbolchilar ro‘yxati:
- Pedro (“Chelsi”) — “Slaviya”ga qarshi bahsda ikkita gol va ikkita golli uzatma
- Filip Kostich (“Ayntraxt F”) — “Benfika”ga qarshi o‘yinda g‘alaba goli
- Petr Shevchik (“Slaviya”) — “Chelsi” qarshi bellashuvda ikkita gol hamda bitta golli uzatma
- Toni Lato (“Valensiya”) — “Vilyarreal”ga qarshi bahsda g‘alaba goli
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)