QHTBT portalida Hukumatning “Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi, bu haqda Norma xabar qiladi.
Quyidagilar TVXMning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
— iqtidorli bolalarni topish, tanlab olish va o‘qitish, o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, ilmiy-intellektual va ijodiy salohiyatini ochish;
— gumanitar, tabiiy va aniq fanlar chuqur o‘rganilishini, xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘zlashtirilishini tashkil etish;
— axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda ta’lim jarayoniga o‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning ilg‘or usullarini kiritish;
— o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularda yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik san’atini rivojlantirish;
— xuddi shunday mahalliy va xorijiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
TVXM mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat o‘rta ta’lim tashkiloti bo‘ladi.
Maktabdagi o‘quv-uslubiy dastur va ta’lim jarayonini Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda boshqa yetakchi xorijiy umumta’lim va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yuritish rejalashtirilmoqda.
Ingliz tilida, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi, bitiruvchilarga esa ta’lim olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat (guvohnoma, attestat) bilan birga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi tegishli dastur (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) diplomini berish rejalashtirilmoqda.
TVXM quyidagilarning mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi:
— uning muassislari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqini to‘lashdan kelib tushadigan;— xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar, shu jumladan xorijiy hamkorlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Loyihada maktab uchun bir qator soliq imtiyozlari ham nazarda tutilgan.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Izoh (0)