16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvida “Ayaks” “Yuventus” maydoniga safar qildi (2:1).
O‘yinning 28-daqiqasida turinliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi (1:0). 34-daqiqada kelib Amsterdam klubi a’zolari Donni van de Bek hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 67-daqiqada himoyachi Matteys de Ligt g‘alaba golini urdi.
Bu niderlandiyaliklarning joriy mavsum Yevropa Chempionlar Ligasidagi 31 hamda 32-gollari bo‘ldi. Shu tariqa klub mazkur musobaqadagi gollari soni bo‘yicha shaxsiy rekordini o‘rnatdi. Qayd etish joiz, 1979/80-yilgi mavsumda “Ayaks” Yevrokuboklar doirasida 31 ta gol urgandi.
Shuningdek, De Ligt kiritgan to‘p niderlandiyaliklarning joriy mavsum barcha musobaqalardagi 155-goli bo‘ldi. Natijada klub 2009/10-yilgi mavsumda gollar soni bo‘yicha o‘rnatgan rekordini ham takrorladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)