Hukumat qarori (321-son, 17.04.2019-y.) bilan Ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi hamda Jamg‘arma nizomi tasdiqlandi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, Jamg‘arma ta’lim muassasalarida uning rahbari buyrug‘i bilan tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim muassasalarida Jamg‘armani tashkil etish majburiy emas.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:— zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlarni xarid qilish;— iqtidorli o‘quvchi va talabalarni shuningdek, kam ta’minlangan oila farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va mukofotlash;— professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni rag‘batlantirish va boshqalar.
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi ta’lim muassasalarining rasmiy saytlarida e’lon qilib boriladi.
Izoh (0)