Joriy yilning yanvar—fevral oyida O‘zbekistonda 174,7 ming tonna neft qazib olingan, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 6,4 foizga kamdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib Spot xabar qiladi.
2019-yilning yanvar—mart oyida neft va ko‘mir qazib olish hajmi kamaydi.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2019-yilning yanvar—mart oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi 9,0 trillion so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 13,4 foizini tashkil etdi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan tabiiy gaz qazib olish 4,1 foizga va shag‘al — 2,0 foizga oshdi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 25,6 foizga, neft — 6,4 foizga, gaz kondensati — 2,0 foizga, chaqiq tosh — 33,1 foizga pasaygan.
Joriy yilning yanvar—fevral oyida O‘zbekistonda 174,7 ming tonna neft qazib olingan, bu 2018—yilning shu davriga nisbatan 6,4 foizga kamdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘mir qazib olish hajmi ham qisqarib, 809 ming tonnani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 1087 ming tonna ko‘mir qazib olingan.
Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi esa ortib 15310 mln.kub.m.ni tashkil etdi, 2018-yilning mos davrida 14711 mln.kub.m.ni tashkil etgan.
Izoh (0)