Frankfrutning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Luka Yovich “Barselona”ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubi 21 yoshli serbiyalikning transferidan voz kechdi.
Yovichning ayrim sifatlari “Barselona”ni ishontira olmadi: to‘p bilan muomala qilishi, uzatma berishi, jarima maydonidan chiqib ketish qobiliyati. Qayd etilishicha, klub Yovichdan ham yuqori texnikaga ega bo‘lgan o‘yinchi qidirmoqda.
Bundan tashqari “Ayntraxt”ning hujumchisi uchun katta mablag‘ talab qilishi kataloniyaliklarga ma’qul kelmagan. Avvalroq Yovichga “Real” hamda “Bavariya” klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Luka Yovich joriy mavsum Bundesliga doirasida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)