2019-yil 12-aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Natijada, G‘ayrat mahallasi Tinchlik ko‘chasida yashovchi B.N. A.Temur MFY Tillatopgan ko‘chasida 8 kilogramm 890,3 gramm marixuana giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)