Pulitser mukofotining tashkiliy qo‘mitasi 2019-yilgi g‘oliblar nomini e’lon qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
The New York Times jurnalistlari Devid Barstou, Syuzanna Kreyg va Rass Byuttner Amerika prezidenti Donald Trampning moliyaviy nayranglari to‘g‘risidagi maqolalari uchun Pulitser mukofotiga loyiq topilgan.
WSJ AQSh prezidentining aloqa qilishda ayblangan ayollarga tovon puli to‘lanishini tekshirgani uchun mukofotlangan. To‘lovlar, sobiq advokat Maykl Koen orqali o‘tganligi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili The Washington Post va The New York Times 2016-yilgi AQSh prezident saylovlarida Rossiya aralashuvi ehtimoli borligi to‘g‘risidagi maqolalari uchun Pulitser mukofotini olgan.
Pulitser mukofoti adabiyot, jurnalistika, musiqa va teatr sohasidagi 1917-yilda tashkil etilgan AQShning eng nufuzli mukofotlaridan biri sanaladi.