Jizzax viloyatining Forish tumanida shu yil 1-mart kuni Mirzacho‘l tumanida yashovchi V.K. O‘zbekiston Respublikasi IIVning virtual qabulxonasiga murojaat qilib, unda 2017-yil avgust oyidan 2019-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Forish tumani Egizbuloq QFY hududidagi dala maydonida yurgan 80 bosh qoramol va 64 bosh otlari yo‘qolganligini ma’lum qilgan holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumot beradi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Arnasoy tumani Cho‘lquvar QFY Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi F.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.