Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch sudida 6 kishiga qarshi 15-mart kuni mahalliy masjidda bo‘lib o‘tgan otishma videosini noqonuniy tarqatgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Otishmada 50 kishi halok bo‘lgan, yana 50 kishi jarohatlangan edi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Sudya mart oyida qamalgan tadbirkor Filipp Arps va  18 yoshli gumondorni garov evaziga ozod qilish taklifini rad qilgan. Qolgan 4 nafar ayblanuvchi qo‘yib yuborilgan.

Xabarda aytilishicha, ko‘ngilsiz materiallarni nashr qilgani va tarqatgani uchun ayblanuvchilarga 14 yil muddatgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Arpsning advokati Anselm Uilyam tasvirga olingan videoni ko‘pchilik odamlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan, lekin faqat bir necha kishigina sudga tortilganini aytgan.

“Govorit Moskva” radiostansiyasining xabar qilishicha, sud uch nafar ayblanuvchini masjidlarga va ularning 500 metr radiusdagi hududlariga borishni butunlay taqiqlash sharti bilan ozod qilgan. Ularga, shuningdek, internetdan foydalanish ham taqiqlangan.