16-aprel kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani “Tarnovboshi” mahallasi Nigora ko‘chasidagi gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Shu munosabat bilan mazkur hududdagi 14 ta yakka tartibdagi xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.