Yugoslaviya sobiq prezidenti Slobodan Miloshevichning bevasi Mirian Markovich 77 yoshida Rossiyada vafot etdi, deya xabar beradi Serbiyaning “Vecherne novosti” nashri.

Foto: Reuters

Markovich Sochidagi kasalxonalardan birida vafot etgan. Qayd etilishicha, ayol yaqinda to‘rtta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan va so‘nggi haftada og‘ir ahvolda bo‘lgan.

Shu bilan birga, Blic nashri Markovich Moskva klinikasida o‘pka shamollashi oqibatida vafot etganligini xabar bergan.

2005-yilda Serbiya Markovichga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilgan. Miloshevichning bevasi 2010-yildan buyon unga siyosiy boshpana bergan Rossiyada yashagan.

Slobodan Miloshevich 2002-yilda genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. To‘rt yil o‘tib, 64 yoshida u Gaaga qamoqxonasida vafot etgan. O‘limining sababi yurak xuruji bo‘lgan.