Samarqanddagi Amir Temur maqbarasida Markaziy Osiyoda birinchi smart-muzey ochildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Foto: Zarnews

Hozirda o‘nta ko‘rgazma uchun 5 til — rus, o‘zbek, ingliz, fransuz va koreys tillarida ovozli qo‘llanma mavjud. Ko‘rgazma yoki maqbara haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun mehmonlar zamonaviy interaktiv usullardan foydalanishlari mumkin.

Foto: Zarnews

Tashrif buyuruvchilar uchun smartfondan foydalanilganda (har bir tashrifchiga quloqchin beriladi) asosiy eksponatlar uchun ovozli ko‘rsatmalardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Smartfon kamerasi ko‘rgazma obyektiga yo‘naltirilsa, mehmonga u haqida hikoya qiladi.