Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qosim-Jo‘mart To‘qayev 14—15-aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha ko‘plab kelishuvlar imzolandi, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili rasman boshlab berildi.