2019-yil 14-aprel kuni soat 12:30 lar atrofida Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi D.O. Abkash qishloq hududida joylashgan fermerlarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida 5 tonnalik solyarka saqlash yomkostini payvandlayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Hodisa natijasida D.O. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.