O‘zbekistonda “Quvvat” animatsion multfilmining 7-qismi ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi

Ularning har birida aks ettirilgan lavhalar gaz, elektr energiyasi, suv kabi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish naqadar zarur ekanligi haqida bolalarga muhim ma’lumotlar taqdim etadi.

O‘z hatti-harakati bilan bolajonlar mehrini qozongan opa-uka Tohir va Zuhra, ularning mushugi Karamel hamda robot Quvvat mazkur multfilmning har bir qismida yosh tomoshabinlarga o‘rnak bo‘lmoqda.

Multfilm “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ko‘magida yaratilgan.