Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifi kelgusi haftada bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda 15-aprel kuni Yonhap agentligi ma‘lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

Agentlikka ko‘ra, Kim Chen Inning tashrifi aprel oxiriga to‘g‘ri kelishi ehtimoli yuqori. Rossiya — KXDR sammiti Vladivostokda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26—27-aprel kunlari Xitoyda “Bir makon, bir yo‘l” forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Uning Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashuvi mazkur tadbir arafasida yoki undan so‘ng o‘tkazilishi kutilmoqda.