AQShda kazuar o‘zining xo‘jayini bo‘lgan fermerni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “PIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP

Hodisa Florida shtatida ro‘y berdi. Kazuar 75 yashar Marvin Axosga u to‘satdan yiqilib tushganda tashlangan. Qush ferma hududida kuzatuv ostida qoldirildi.

Kazuarlar Ginnes rekordlar kitobiga eng xavfli qush sifatida kiritilgan. Ularning bo‘yi 2 metr, og‘irligi 60 kilogramm, tirnoqlari uzunligi esa 10 santimetga boradi. Kuchli oyoqlari bilan qaqshatqich zarba berishi mumkin.