15-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Foto: Husniddin Ato

O‘zbekistonda Ramazon oyi 6-maydan boshlanishi kutilmoqda.

Oy chiqishiga qarab mazkur sana bir kunga farq qilishi mumkin.

***

Dunyodagi eng baland bino — Dubaydagi Burj Xalifa binosining nayzasimon uchi (shpil)ni yashin urdi.

Voqea aks etgan videoni Dubay valiahdi Shayx Hamdan Muhammad ibn Rashid al-Maktum o‘zining Twitter’dagi sahifasida joylagan.

***

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Ko‘ksaroyda Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston transport, logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Qozog‘iston prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi.

***

Ravon avtomobillari Rossiyada yig‘ila boshlaydi.

O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiyaning Derways zavodi bilan o‘z modellarini сherkes korxonasida yig‘ish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Yozning o‘rtalaridan boshlab modelni pilot loyihasi doirasida yig‘ish boshlanadi, keng miqyosli ishlab chiqarish esa yil oxirlariga borib yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

***

Samarqanddagi Amir Temur maqbarasida Markaziy Osiyoda birinchi smart-muzey ochildi.

Hozirda o‘nta ko‘rgazma uchun 5 til — rus, o‘zbek, ingliz, fransuz va koreys tillarida ovozli qo‘llanma mavjud. Ko‘rgazma yoki maqbara haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun mehmonlar zamonaviy interaktiv usullardan foydalanishlari mumkin.