14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 32-turida “Sampdoriya” “Jenoa”ga qarshi maydonga tushdi (2:0).

Foto: Twitter/@sampdoria

Uchrashuvning 53-daqiqasida mezbon jamoa hujumchisi Fabio Kvalyarella raqib darvozasiga penaltidan gol urdi.

Bu 36 yoshli italiyalikning joriy mavsum A Seriyadagi 22-goli bo‘ldi. Kvalyarella Italiya chempionatining to‘purarlar bahsida “Milan” hujumchisi Kshishtof Pyontekni quvib o‘tdi va birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bundan tashqari futbolchi ushbu mavsum “Sampdoriya” safida 8 ta golga ham assistentlik qildi.

A Seriya to‘purarlari ro‘yxati:

  1. Fabio Kvalyarella — 22 ta gol
  2. Kshishtof Pyontek — 21 ta gol
  3. Duvan Zapata — 20 ta gol
  4. Krishtianu Ronaldu — 19 ta gol

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!