14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turining markaziy o‘yinida amaldagi chempion Andrey Fyodorov boshliq “Lokomotiv” Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK jamoasi bilan jang qildi.

Foto: PFL

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq olmaliqliklar to‘purari Zafar Polvonov Javohir Ilyosov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib “temiryo‘lchilar” a’zosi Temurxo‘ja Abduholiqov hisobni tenglashtirdi (1:1). Oardan ikki daqiqa o‘tib toshkentliklar himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev raqib darvozasiga gol urdi (2:1).

Shu tariqa “Lokomotiv” klubi OKMKga qarshi kechgan o‘yinda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng toshkentliklar 9 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. OKMK hisobida esa 4 ochko mavjud va jamoa 9-o‘rindan joy egallab turibdi.

Superliga

4-tur bahslari

14-aprel, yakshanba

“Lokomotiv”—OKMK 2:1

Gol: 0:1 — 3 Zafar Polvonov, 1:1 — 43 Temurxo‘ja Abduholiqov, 2:1 — 45 Islom To‘xtaxo‘jayev

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Jamshid Iskandarov, Sardor Mirzayev, Arslonmurod Omonov (Aziz Omonov, 46), Husniddin G‘ofurov (Diyor Turopov, 80), Temurxo‘ja Abduholiqov (Filip Rauevats, 88 )

OKMK: Akbar To‘rayev, Akmal Shorahmedov, Dilshod Jo‘rayev, Boburbek Yo‘ldoshev, Saydullo Rahmatov, Mirolyub Kostich (Sardor Rahmonov, 46), Murodbek Toshmatov (Kamron Saidazimov, 46), Mirjamol Qosimov (Jasurbek Hakimov, 70), Zohir Pirimov, Jasur Hasanov, Zafar Polvonov

Ogohlantirish: Boburbek Yo‘ldoshev (27)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!