14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan bahsda “Qo‘qon-1912” klubi “Buxoro” bilan o‘ynadi.

Foto: PFL

Uchrashuv davomida buxoroliklar a’zolari Asadbek Sobirjonov (24), Doston Ibragimov (42), Ivan Nagayev (58) kiritgan gollarga qo‘qonliklar Murod Xolmuhamedovning penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Buxoro” safarda kechgan bahsda “Qo‘qon-1912” ustidan g‘alaba qozondi. Ayni damda Buxoro klubi 5 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 7-pog‘onada borayotgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” esa 2 ochko bilan oxirgi o‘rinni egallagan.

4-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Superliga

4-tur bahslari

14-aprel, yakshanba

“Qo‘qon-1912”—“Buxoro” 1:3

Gollar: 0:1 — 24 Asadbek Sobirjonov, 0:2 — 42 Doston Ibragimov, 0:3 — 58 Ivan Nagayev, 1:3 — 68, penalti, Murod Xolmuhamedov

“Qo‘qon-1912”: Sarvar Karimov, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro‘ziyev, Temur Hakimov (Javohir Esonqulov, 46), Jasur Hasanov (Behruz Sa’dullayev, 46), Suhrob Berdiyev, Shahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov, Milosh Nikolich, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov

“Buxoro”: Rahimjon Davronov, Ivan Fatich, Azamat Isroilov, Ivan Nagayev, Salamat Qutiboyev, Asadbek Sobirjonov, Behruz Shodmonov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Jahongir Abdumo‘minov, Doston Ibragimov

Ogohlantirish: Suxrob Berdiyev (41)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!