14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 34-turida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” “Kristal Pelas” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 15 va 63-daqiqalarida “shaharliklar” yarim himoyachisi Rahim Sterling dublga erishgan bo‘lsa, 81-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Luka Milivoyevich hisobni qisqartirdi (2:1). 90-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan braziliyalik Gabriel Jezus jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:1).
Shu tariqa “mankunianlar” mehmonda “Kristal Pelas”ni 3:1 hisobida taslim etdi va musobaqa yetakchiligini o‘z qo‘liga oldi. Ayni damda “Siti” 83 ochko to‘plab, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eng yaqin ta’qibchisi “Liverpul” hisobida esa 82 ochko mavjud.
APL
34-tur bahslari
14-aprel, yakshanba
“Kristal Pelas”—“Manchester Siti” 1:2
Gollar: 0:1 — 15 Sterling, 0:2 — 63 Sterling, 1:2 — 81 Milivoyevich“Kristal Pelas”: Guaita, Bisaka, Kelli, Dann, Anxolt, Makartur (Sako, 85), Milivoyevich, Shlupp, Taunsend (Mayer, 77), Benteke, Zaha
“Manchester Siti”: Morayes, Uoker, Kompani, Lyaport, Mendi, de Bryuyne, Gundo‘g‘on, Silva (Bernardu Silva, 65), Sterling, Aguero (Jezus, 75), Sane (Stounz, 87)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)