Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi davlatlaridan chiqib ketish bo‘yicha referendumdan so‘ng Britaniya fond bozoriga sarmoya kiritilgan mablag‘larni qaytarilishi 25 milliard dollardan ortdi, deya xabar beradi “Kommersant”.
O‘tgan haftada investorlar bunday mablag‘lardan 304,5 million dollarini olib chiqib ketgan, bir yilda esa 1 milliard dollar.
Shu bilan birga, ekspertlar Britaniya fond bozorining hozirgi holati va uning istiqbollari o‘rtasida aniq qarama-qarshilikni qayd etmoqda.
Brexit bilan bog‘liq salbiy xabarlarga qaramasdan FTSE 100 asosiy indeksi birinchi chorakda 13 barobarga oshgan.
Izoh (0)