14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 29-turidan o‘rin olgan bahsda Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Fortuna Dyusseldorf” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter/@FCBayernEN

Bellashuvning 15 va 41-daqiqalarida myunxenliklar yarim himoyachisi Kingsli Koman dublga erishgan bo‘lsa, 55-daqiqaga kelib Serj Gnabri hisobni yiriklashtirdi (3:0). 89-daqiqada esa “Bavariya” darvozasi tomon penalti belgilandi va undan mezbon jamoa a’zosi Dodi Lukebakio darvozani aniq nishonga oldi (3:1). Oradan 3 daqiqa o‘tib zaxiradan maydonga tushgan Leon Goretska jamoasining 4-goliga mualliflik qildi (4:1). Natijada Myunxen klubi safarda “Fortuna Dyusseldorf”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Bavariya” 67 ochko jamg‘arib, musobaqa yetakchisiga aylandi. “Borussiya Dortmund” esa 66 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Bundesliga

29-tur bahslari

14-aprel, yakshanba

“Hoffenhaym”—“Herta” 2:0

Gollar: 1:0 — 29 Amiri, 2:0 — 76 Nelson

“Fortuna D”—“Bavariya” 1:4

Gollar: 0:1 — 15 Koman, 0:2 — 41 Koman, 0:3 — 55 Gnabri, 1:3 — 89, penalti, Lukebakio, 1:4 — 90+2 Goretska

“Fortuna D”: Renzing, Simmermann, Hofmann, Ayxan, Kaminski, Sobottka (Morales, 68), Raman, Barkok, Stoger, Kovnatski (Usami, 80), Hennings (Lukebakio, 68)

“Bavariya”: Noyer (Ulrayx, 53), Kimmix, Sule, Hummels, Alaba, Alkantara, Martines, Gnabri (Hames, 80), Myuller (Goretska, 70), Koman, Levandovski

Ogohlantirish: Ayxan (20)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!