Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangaboyevning qonidan doping topilgani sabab uni vaqtinchalik sport musobaqalaridan chetlatdi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jangaboyevning qon tahlili namunasida o‘sish gormoni (hGH, organizmning o‘sishi uchun taqiqlangan preparatlardan foydalanish ehtimoli aniqlangan) salbiy natija bergan. Bu antidoping qoidalarini buzish sirasiga kiradi. IWF yakuniy test natijalarini aniqlashdan oldin Jangaboyevni sportdan vaqtincha chetlatdi.
Ma’lumot uchun 25 yoshli Rustam Jangaboyev +109 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etadi. U 2018-yili Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati sovrindori hisoblanadi, 2017-yil Ashxabodda o‘tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari chempionlikni qo‘lga kiritgan. 2018-yilgi Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. 2016-yilda Rio de Janeyrodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq o‘zbekistonlik boshqa bir sportchi Ruslan Nuriddinovning doping testi ijobiy natija bergani sabab u ham musobaqalardan chetlatilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)