Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning 2019-yilning birinchi chorakdagi faoliyati haqida axborot berildi, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati.
2019-yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 44 180 ta ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ko‘rsatkich 2018-yilning shu davriga nisbatan 22,2 foizga kamaygan.
Hisobot davrida 22 milliard so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 20 160 ta sud buyrug‘i chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan summa bo‘yicha 74,8 foizga, sud buyruqlari soni bo‘yicha esa 80,1 foizga kamaygan.
Ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 38 104 ta hal qiluv qarorlari chiqarildi. Ushbu qarorlar bo‘yicha talablarning 86,2 foizdan ortig‘i qanoatlantirildi.
16 612 ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aholi bilan 2 453 ta uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Oliy sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 257 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 98 ta qaror bekor qilindi va 41 ta sud qarorlari o‘zgartirildi.
Izoh (0)