Politsiya xodimlari Rossiya Federatsiyasi hududidagi Komi Respublikasi Sosnogorsk shahridagi do‘kondan 11 ta tort o‘g‘irlanishi bo‘yicha tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Xabarlarga ko‘ra, jinoyatchi omborxona devorini buzib, do‘konga kirgan. Tortlarni o‘g‘irlab, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.
O‘sha kuni huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan gumondor topildi. U 1990-yilda tug‘ilgan, ilgari o‘g‘irlik bo‘yicha bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgan mahalliy fuqaro bo‘lib chiqdi. Ayblanuvchi yosh yigit o‘z qilmishini tan oldi. U yettita tortni qaytarib berdi, qolganlarini esa allaqachon paqqos tushirgan edi.
Ayni paytda, hodisa yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)