Rossiyaning Penzenskaya viloyati huquqni muhofaza qilish xodimlari o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi. U O‘zbekistonda firibgralik qilganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“Men qurilish materiallarini oldim. Do‘stim ularni sotishni taklif qildi. Men rozi bo‘ldim”, — deydi gumondor.
Gumonlanuvchinign so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekistonda qidiruvga berilganidan onasi bilan telefon orqali suhbatlashganida xabar topgan.
Lekin 32 yoshli o‘zbekistonlik vataniga shoshilmagan. Chunki uni hibsga olishlaridan qo‘rqqan.
“Ushbu fuqaro qurilish havozasini ijaraga berib, pul ishlash uchun boshqa bir odamdan ijaraga olgan. Lekin u havozalarni O‘zbekistonga qo‘shni viloyatlarga sotgan. Hozirda ushbu fuqaroni O‘zbekistonga ektradatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)