2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Amerika Kubogida ilk marotaba qo‘llaniladigan musobaqaning yangi formati taqdim etildi. Bu haqda KONMEBOLning rasmiy saytida xabar berildi.
Ishtirokchilar Shimoliy va Janubiy hududda 6 ta jamoadan iborat ikki guruhga bo‘linadi.
Kolumbiya Shimoliy hududda bo‘lib o‘tadigan guruh bahslariga, Argentina esa Janubiy hududdagi uchrashuvlarga mezbonlik qiladi.
Har bir guruhda dastlabki 4 ta o‘rinni egallagan terma jamoalar musobaqaning 1/4 finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Shunday qilib, yangi formatda tashkil etiladigan Amerika Kubogida uchrashuvlar soni 26 tadan 38 tagacha oshiriladi, ya’ni har bitta terma jamoa kamida 5 tadan o‘yin o‘tkazadi.
Shimoliy hudud guruh ishtirokchilari: Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Venesuela, birinchi taklif qilingan jamoa
Janubiy hudud guruh ishtirokchilari: Argentina, Boliviya, Chili, Paragvay, Urugvay, ikkinchi taklif qilingan jamoa.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)