Qozog‘iston chegarachilari O‘zbekistonga yuk mashinasida 20 ming kilogramm “makulatura”ni olib kirishga harakat qilgan shaxsni hibsga oldi. Bu haqda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati xabar berdi.
Sariog‘och chegara hududidagi “Qoplonbek” o‘tish punktida Qozog‘iston chegarachilari va bojxona xodimlari 1983-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosini qo‘lga olgan. U Volvo yuk mashinasida O‘zbekistonga ketayotgan bo‘lgan.
Mashina nazoratdan o‘tkazilayotgan payt bojxona qonunchiligini buzilgan holda 19,9 ming kilogramm “makulatura” chegaradan olib o‘tilayotgani aniqlangan.
Hozirda qog‘ozlarning mazmuni o‘rganilmoqda.
Izoh (0)