10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Barselona”ga mag‘lub bo‘ldi (0:1).
Mazkur o‘yinda “mankunianlar” “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenga umuman qiyinchilik tug‘dira olmadi.
Ingliz klubi raqib darvozasi tomon 7 marta zarba yo‘llagan bo‘lishiga qaramay, shulardan birortasi ham darvozaga aniq bormadi. Bunday holat ilk marta 2005-yilda yuz bergandi, deb xabar beradi UEFA.
O‘shanda “Yunayted” to‘pni “Milan” darvozasi tomon bir marta bo‘lsa ham aniq yo‘llay olmagandi.
Ta’kidlash joiz, “Barselona” De Xea darvozasiga 7 marta zarba yo‘llagan bo‘lsa, shulardan 3 tasi aniq chiqdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)