6-aprel, kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 31-turida “Barselona”ga qarshi o‘yinda hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan “Atletiko Madrid” hujumchisi Diyego Kostaga belgilangan jazo muddati ma’lum bo‘ldi (0:2). Bu haqda Cadena Cope xabar berdi.
La Liganing tartib-intizom qo‘mitasi hujumchini 8 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi — 4 tasi hakam Xesus Hil Mansanoni haqorat qilgani uchun, yana 4 tasi Kosta hakamning qo‘lini ushlagani uchun.
Bu haqda tez orada rasmiy xabar beriladi.
Shunday qilib, Kosta mavsum oxiriga qadar maydonga tusha olmaydi, chunki Ispaniya chempionatining joriy mavsumi yakunlanishiga 7 ta tur qolgan.
“Atletiko” tartib-intizom qo‘mitasining qarorini apellyatsiyaga berishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)