Xitoyda olti yoshli qiz 26-qavatdagi uyining oynasidan yiqilib, tirik qoldi, deya xabar beradi “Rosbalt”.
Hodisa 2-aprel kuni Chuntsin shahrida sodir bo‘lgan. Videoyozuvda bola ko‘pqavatli uyning oynasidan tushib ketib, garaj tomini teshib o‘tgani hamda avtomobil to‘xtash joyiga “qo‘nish” amalga oshirilganini ko‘rish mumkin. Qiz shu zahotiyoq o‘rnidan turib yurib ketgan.
Shifokorlar mo‘jiza sababli tirik qolgan qizning faqat qo‘li singanini aytgan.
Izoh (0)