1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan Ukraina qanotli raketasi sinovdan muvaffaqiyat bilan o‘tdi, dedi prezident Pyotr Poroshenko. Bu haqda “RBK” yozdi.
“Biz ming kilometrdan ortiq masofani o‘qqa tutishga va 150 kilogramm og‘irlikdagi harbiy yukni olib o‘tishga qodir bo‘lgan qanotli raketani sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Buning barchasi Ukraina mutaxassislari tomonidan yaratilgan”, — deydi Poroshenko.
Ukraina prezidenti raketa nomi va sinov muddatini aniq aytmagan. Prezident ayni damda Ukraina qurolli kuchlari ushbu turdagi raketalardan foydalanishni o‘rganayotganini qayd etgan, sabab 90-yillarda raketalarini “topshirish”dan keyin mamlakatda bunday komplekslarni boshqaradigan mutaxassislar qolmaganligini qayd etgan.
Izoh (0)