9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida “Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino “Portu” darvozasini ishg‘ol qildi (2:0).
Bu 27 yoshli braziliyalikning “mersisaydliklar” uchun ushbu musobaqadagi 13-goli bo‘ldi. Mazkur ko‘rsatkichda u jamoadoshlari Muhammad Saloh hamda Sadio Manega yetib oldi. Ularning hisobida ham 13 tadan gol mavjud.
Bu borada klub yetakchisi sobiq yarim himoyachi Stiven Jerrard hisoblanadi. U “qizillar” safida Yevropa Chempionlar Ligasida 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)