2019-yilning 10-aprel kuni Toshkent shahriga AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki tomonlama maslahatlashuvlar chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat va afg‘onlararo tinchlik muzokaralari mexanizmini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston tashabbusi bilan Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)