Shvetsiyadagi qamoqxonalarda joylarning rekord darajada tanqisligi kuzatilayotganligi haqida “Gazeta.ru” xabar qiladi.
O‘tgan hafta 45 ta jazoni ijro etish muassasalaridan 17 tasi mahbuslarni qabul qila olmadi.
Ma’lum qilinishicha, bir necha mahbuslar bir kishilik kameralarga va uchrashuv xonalariga ham joylashtirilgan.
Qamoqxona xodimlari bir qator qonunbuzarlikga qarshi jazoning kuchaytirilishi hozirgi vaziyatning yomonlashishiga olib kelishidan xavotirda ekanligini bildirdi.
Izoh (0)