“O‘zbekkino” Milliy agentligi uchun maxsus loyiha “Ko‘chma kinoteatr” taqdim etdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmati xabar bergan.
Ixtisoslashtirilgan avtomobillar Turin Invest Engineering tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekistonning kinoteatrlar mavjud bo‘lmagan olis tumanlarida kino namoyish etishga mo‘ljallangan.
Ko‘chma kinoteatr kinoproyektor, kolonkalar, akkumulyator batareyalari, noutbuk/DVD va videomateriallarni avtonom ravishda translyatsiya qilish uchun zarur jihozlar bilan jihozlangan.
Turin Invest Engineering kompaniyasi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti qoshida tashkil etilgan va loyihalashdan tortib foydalanishga topshirishgacha muhandislik g‘oyalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Uning tasarrufida universitetga tegishli mexatronika, metrologiya laboratoriyalari va texnopark bor, shuningdek, yuqori texnologik jihoz va stanoklari ham borki, ularning ko‘pchiligi mamlakatda yagona sanaladi.
Izoh (0)