O‘zbekiston yoshlari delegatsiyasi AQShning Nyu-York shahrida, BMT bosh qarorgohida bo‘lib turibdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Bu yerda Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surilgan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusiga bag‘ishlangan muhokama tashkil etildi.

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev BMT minbaridan so‘zga chiqib, O‘zbekistonning yoshlar siyosatidagi pozitsiyasi, mamlakatda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi.

Foto: Yoshlar media markazi

Shundan so‘ng mamlakat delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Germaniya kabi bir qator davlatlar delegatsiyalari bilan ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.

Mazkur davlatlar yoshlar tashkilotlari bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Foto: Yoshlar media markazi

Shuningdek, delegatsiya Irlandiya, Portugaliya, Avstriya, Norvegiya, Daniya vakillari bilan ham muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan.