Liviya poytaxti Tripolida to‘qnashuv tufayli 25 kishi halok bo‘ldi va 80 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, qurbonlar tinch aholi yoki jangarilar ekani aniq emas.Liviyadagi to‘qnashuvlar ikki guruh, ya’ni marshal Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi hamda Faiz Sarajning milliy konsensus hukumat kuchlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.
4-aprel kuni Xaftar shaharda marsh boshlanganini e’lon qilgan, 7-aprelda esa Liviya hukumati kuchlari Xaftar qo‘shiniga qarshi harakat boshlanganligini e’lon qilgan.
Izoh (0)