Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, solyanka eng zararli sho‘rva bo‘lib, unda juda ko‘p miqdorda tuz va yog‘lar bor, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: Depositphotos

Oziqlantirish va biotexnologiya bo‘yicha Rossiya federal tadqiqot markazining Klinik ovqatlanish klinikasi dermatologi, tibbiyot fanlari nomzodi Yelena Livantsova sabzavotli sho‘rva eng foydali sho‘rva ekanini ta’kidladi. Shu bois, shifokorning qayd etishicha, sabzavotli sho‘rva klinikalarda ovqatlanishning asosi hisoblanadi.

Livantsovaning so‘zlariga ko‘ra, solyanka sho‘rvasiga tuzlangan bodringlar va dudlangan go‘shtlar qo‘shilgani bois ushbu sho‘rva yurak-qon tomir kasalliklari, gipertenziya va og‘ir vazn bilan kasallangan insonlar uchun tavsiya etilmaydi.

O‘z navbatida, gastroenterolog va tibbiyot fanlari nomzodi Vladimir Pilipenko qo‘ziqorin sho‘rvasiga ham ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak, deb hisoblaydi.

“Agar salomatlik buzilgan bo‘lsa, gastroenterologik profilaktika qilingan bemorlar uchun qo‘ziqorin sho‘rvasidan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki u oshqozon-ichak trakti uchun ko‘p miqdorda ekstraktiv moddalar o‘z ichiga oladi”, — deydi Pilipenko.