Saudiya Arabistoni Vashingtondagi antikartel NOPEC (No Oil Production and Exporting Cartels Act) qonunini qabul qilsa neft savdosida dollarlar bilan hisob-kitob qilishni to‘xtatish bilan tahdid qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
NOPEC qonuni Amerika hukumatiga sudga monopoliyaga qarshi OPEK’ga a’zo davlatlar ustidan sudga da’vo qilish imkonini beradi.
Manbalarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni hukumati ushbu variantni bir necha oy davomida muhokama qilmoqda. Ular mazkur qonunchilik akti qabul qilingan taqdirda AQSh vakillariga Ar-Riyod dollarda hisob-kitob qilishdan bosh tortishi mumkinligi ma’lum qilgan. Bundan tashqari, saudiyaliklar ushbu rejani boshqa OPEK a’zolari bilan ham muhokama qilgan.
Qayd etilishicha, hujjatning qabul qilinishi va kuchga kirishi ehtimoli juda katta emas. Ammo, Ar-Riyod neft bitimlarini tuzishda AQSh valyutasida to‘lovlarni to‘xtatishni ko‘rib chiqayotgani, Saudiya Arabistoni AQSh sudlarida antitrotsessual sud ishlarini olib borish istiqbolidan noroziligini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)