Shu paytga qadar Samarqand viloyati Past Darg‘om tuman hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritayotgan Ziyoda Eshmurodova o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi, deb xabar bermoqda Zarnews.
Ushbu vazifaga shu paytga qadar viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritayotgan Marg‘uba Sanaqulova tayinlandi.
Izoh (0)