“Real Madrid” mavsum oxirida boshqa klubga o‘tmoqchi bo‘layotgan himoyachi Rafael Varanni sotish niyati yo‘q. Bu haqda AS xabar berdi.
Madridliklar 25 yoshli fransuzning yillik maoshini soliq to‘lovlaridan keyin 6 million yevrodan 9 millionga ko‘tarishga tayyor. Bu holda Varan “Real”ning eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchilaridan biriga aylanadi.
Bundan tashqari “Qirollik klubi” 2020-yilgacha himoyachi bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Amaldagi shartnoma 2022-yilgacha belgilangan. Tovon puli esa 500 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq PSJ, “Yuventus”, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” klublari Varanga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)