Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandan so‘ng O‘zbekistonda ilk oilaviy mehmon uylari o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda Spot.
2018-yilning 25-sentabriga qadar, respublikada 23 ta oilaviy mehmon uyi ro‘yxatga olindi. Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochilgan. Oktabr oyida Toshkentdagi birinchi mehmon uyi o‘z faoliyatini boshlagan.
Endilikda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida “Oilaviy mehmon uylari yagona reyestri”ga 71 ta oilaviy mehmon uylari kiritilib, umumiy hisobda oilaviy mehmon uylari soni 179 taga yetdi, ulardagi joylar soni 1 589 tani tashkil etadi.
Oilaviy mehmon uylari soni hududlar kesimida olinganda Samarqand viloyatida 34 ta, Qashqadaryo viloyatida 24 ta, Toshkent viloyatida 22 ta, Surxondaryo viloyatida 20 ta, Buxoro viloyatida 19 ta, Toshkent shahrida 18 ta, Xorazm viloyatida 13 ta, Jizzax viloyatida 10 ta, Navoiy viloyatida 7 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 ta, Farg‘ona viloyatida 3 ta, Andijon viloyatida 2 ta, Sirdaryo viloyatida 1 tani tashkil etmoqda.
Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, oilaviy mehmon uylari o‘ziga 1966 nafar mahalliy va 2882 nafar xorijiy, umumiy hisobda 4848 nafar sayyohni qabul qilgan.
Izoh (0)