Rog‘un GESning navbatdagi gidroagregat qurilmasi kutilganidek shu yilning aprel oyida ishga tushirilmaydi, deya xabar beradi “ASIA-Plus”.
“Bu oyda yuz bermasligi aniq, qurilmaning ishga tushirilish aniq vaqti keyin e’lon qilinadi”, — deydi hukumat manbasi.
Ushbu ma’lumotni tasdiqlash uchun Rog‘un GESi qurilishi bo‘yicha direksiyaning mas’ul shaxslari va tegishli tuzilmalar hech qanday izoh bermayapti.
Avvalroq, ikkinchi agregatning o‘rnatilishi (5-sonli) mart oyi oxirigacha tugallanib, aprel oyida ishga tushirilishi haqida xabar berilgan.
Dastlabki bosqichda ikkinchi agregat, xuddi birinchisi singari past kuchlanishda ishlatilishi kutilmoqda.
Izoh (0)