Shahrixon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan “Besh ustuvor tashabbus – ma’naviy yetuk barkamol shaxs kafolati” mavzusida viloyat ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Tadbir avvalida so‘zga chiqqan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukov o‘z nutqida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish, jismoniy tayyorgarlik va kompyuter savodxonligini oshirish, kasb-hunar sirlarini o‘rgatish zarurligini hamda beshta muhim tashabbus bo‘yicha Andijon tajribasini yaratish lozimligini alohida qayd etib o‘tgan.
Seminar davomida tumanning barcha maktablaridagi to‘garaklar faoliyati yoritilgan. Mehmonlar tuman yoshlarining turli sohalarda faol ekanligiga, o‘g‘il-qizlarning iste’dod va ijod namunalariga guvoh bo‘lgan.
Izoh (0)