Afg‘onistonning Badg‘is viloyatiga yuzlab jangarilar hujum qilgan, buning oqibatida afg‘on hukumati kuchlari o‘nlab harbiylarni yo‘qotgan, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Turkmaniston bilan chegaradosh shimoliy hududdagi 500 jangari tomonidan hujum uyushtirilgan jangda kamida 50 afg‘on askari halok bo‘lgan yoki yaralangan.
Qayd etilishicha, “Tolibon” Bala Murg‘ob hududida bir nechta nazorat punktlarini qo‘lga olgan. Harbiy harakatlar “intensiv bosqich”ni boshdan kechirmoqda, tolibonlarga qarshi aviazarbalar berilmoqda.
Izoh (0)