Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida 5—10-aprel kunlari Xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga bergan ma’lumotlariga qaraganda festival gran-pri g‘olibiga 7 000 dollar beriladi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Tanlov g‘oliblari tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, haykalcha va pul mukofoti— gran-pri 7 000, 1-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoaga) 5 000, 2-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoaga) 3 500, 3-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoaga) 2 500 dollar miqdorida pul mukofoti beriladi.

Ijrochilar ‘Eng yosh baxshichilik san’ati ishtirokchisi’, ‘Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchisi’, ‘Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi’ kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham pul mukofotlari va maxsus diplomlar bilan taqdirlanadilar.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati